Chavusho‘g‘lu: O‘zbekiston mintaqadagi barqarorlik manbaidir

© AFP / ADEM ALTANTurkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu
Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushoglu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 26-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li bilan matbuot anjuman o‘tkazgan edi

TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Anjumanda Chavusho‘g‘li O‘zbekiston strategik joylashuviga ko‘ra mintaqada barqarorlik manbasi hisoblanishini ta’kidlab o‘tdi, deb yozadi "Anadolu" agentligi.

O‘zbekiston TIV rahbari A. Kamilov Turkiya TIV rahbari M. Chavushoglu bilan - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Chavushoglu bilan o‘tkazgan muzokalar bo‘yicha bayonot berdi
Vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning sakkizinchi raundi doirasida tashqi siyosat rahbarlari 2016-yil 17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan siyosiy, savdo-iqtisodiy,sarmovaviy, harbiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama munosabatlaring  hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilishdi

Bo‘lib o‘tgan fikr almashinuvi O‘zbekiston-Turkiya muloqotini yanada rivojlantirish uchun tomonlarning ulkan salohiyat va qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

Uchrashuvda tomonlar halqaro kun tartibida bo‘lgan dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqildi. 

Muzokaralar yakunida 2017-2018 yillarda O‘zbekiston-Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘zaro hamkorlik qilish dasturi imzolandi. Turkiya Tashqi ishlar vaziri bir kun avval prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0