TOShKENT, 26 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Turkiya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 8-raundi yakuniga yetdi, deb xabar qiladi "Jahon" AA.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar davomida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, sayyohlik, madaniy va boshqa sohalarda ikki tomon munosabatlariga doir barcha dolzarb masalalar batafsil muhokama qilingan.
Bugungi uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma ruhi va tamoyillariga ikki tomonning ham birdek sodiqligi qayd etildi.
Siyosiy maslahatlashuvlar yakunlari bo‘yicha o‘zaro aloqalarning yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallagan maqsad va vazifalarini belgilab beruvchi muhim kelishuvlarga erishildi.
Ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi o‘zbek-turk munosabatlarini har jihatdan rivojlantirishga xizmat qiladi" deb ishonch bildirgan Kamilov.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.