TOShKENT, 1 dek — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti bayramni yosh qozog‘istonliklar davrasida birinchi respublika forumida nishonlamoqda, deb xabar qilgan Sputnik O‘zbekiston.
Yoshlar Respublika forumida Qozog‘iston prezidenti zamonaviy buvilar haqida hazil gap qildi, deb yozadi nashr.
Nursulton Nazarboyev yoshlarni oldinga intilishga undaydigan sabablar haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
"Ota-onalar: sen albatta "falondaqa" bo‘lishing kerak, sen prezident bo‘lishing kerak, deya uqdirib kelishadi farzandlariga. Men qarshi emasman. Prezident bo‘lsin, mayliga. Ammo bu gaplar bolaning miyasiga o‘rnashib qoladi. Bu amalga oshmasa, bola "sinadi". Baxtli bo‘lish uchun prezident bo‘lish shart emas", — deya ta’kidlagan Nazarboyev.
Qozog‘iston prezidenti yoshlarni ilmga chanqoq va ma’rifatli bo‘lishga chaqirgan. "Pulingizdan, koshonangizdan mahrum bo‘lishingiz mumkin, ammo siz ega bo‘lgan bilimni miyangizdan hech kim tortib ololmaydi. Hayotda albatta o‘z o‘rningizni topasiz, bilimli bo‘lsangiz", — deya o‘z nutqiga yakun yasagan Nazarboyev.