O‘zbekiston va YeI hamkorlikni kuchaytirishni muhokama qildi

O‘zbekiston parlamenti binosi
O‘zbekiston parlamenti binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar YeIning 2014-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini istiqbolda faollashtirish masalalarini muhokama qildilar

TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Toshkentda "O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi" parlament hamkorligi qo‘mitasining 12-yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi RIA Novosti.

Tomonlar YeIning 2014-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini istiqbolda faollashtirish masalalarini muhokama qildilar, deb xabar berdi O‘zbekiston quyi parlamenti matbuot xizmati.

"Qo‘mita majlisida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi  o‘rtasidagi munosabatlarni, xususan, sotsial-iqtisodiy, investitsiya, moliya va huquq sohalaridagi, shuningdek inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi munosabatlarni yanada faollashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.

Majlis natijalariga ko‘ra parlament hamkorligini yanada faollashtirish, 2014 – 2020-yillarda indikativ ko‘maklashish dasturini  amalga oshirish, O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni ko‘paytirish, parlament a’zolarining tajriba bilan almashishga doir xalqaro konferensiyalar, treninglar, seminarlar va boshqa tadbirlarni birgalikda o‘tkazish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Abdulaziz Kamilov va Iveta Grigule - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov Yevroparlament delegatsiyasi raisini qabul qildi

"So‘nggi yillarda bu sheriklik yanada yaxshilanib, kengayib borayotganligini qayd etmoqchiman. Yevropa Ittifoqi va Yevropa parlamentining O‘zbekistonga nisbatan munosabati doimo iliq hamda do‘stona bo‘lib kelgan. O‘tgan yillar davomida barcha sohalar bo‘yicha, shu jumladan ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mintaqaviy rivojlanish, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha juda ko‘plab loyihalar amalga oshirildi. Bular bizning yaqin yillardagi sherikligimizning ham eng ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib qoladi. O‘ylaymanki, Yevropa Ittifoqi bundan buyon ham mamlakatingizni qo‘llab-quvvatlaydi", — dedi Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo va Mongoliya mamlakatlari bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi raisi Iveta Grigule.

O‘zbekiston va Yevroittifoq 1996-yilda "Sheriklik va hamkorlik haqida" bitim imzolagan. "O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi" parlament hamkorligi qo‘mitasi 1999-yilda tashkil etilgan.

Yevroittifoqning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi 2012-yilda ochilgan. YeIning 2014-2020 yillarda respublikaga ko‘rsatadigan moliyaviy yordami hajmi 168 million yevro miqdorini tashkil etishi tasdiqlangan. Bu mablag‘ irrigatsiya infrastrukturasini yaxshilash, agrobiznesga qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish, hududlarda yangi ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltiriladi.

Yangiliklar lentasi
0