TOShKENT, 27 apr — Sputnik. Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining sessiyasida Jizzax shahriga hokim tayinlandi. Bu haqda Jizzax shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra Jizzax shahar hokimi Abduqahhor To‘xtayev o‘z vazifasidan ozod etildi.
Jizzax shahar hokimi etib Jizzax viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Akram Rahmonqulov tayinlandi.
Ilgariroq Jizzax shahrining avvalgi hokimi A.To‘xtayev Toshkent shahri Olmazor tumaniga hokim etib tayinlangan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.