TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘ka, Parkent, Quyi Chirchiq va Piskent tumanlarida hokimlar o‘zgardi, deb xabar qilmoqda Toshkent viloyati matbuot xizmati.
Bo‘ka tumanida yangi hokim etib Xolboyev Xudoyberdi Nazarovich tayinlangan (sobiq hokim Kuchchiyev Mirzamashrab Razzoqovich). Xolboyev oldin Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan.
Quyi Chirchiq tumaniga Rahimov Botir Xudarganovich yangi hokim etib tayinlandi (Sobiq hokim Abdurazzoqov Jahongir Boqijonovich).
Pskent tumaniga Akramov Abdusamat Yo‘lchiboyevich yangi hokim etib tayinlandi (sobiq hokim Alimbekov Botir).
Parkent tumaniga Ne’matjon Ozodovich Abdullayev hokim etib tayinlandi (sobiq hokim Alimov O‘ktam).
Bundan biroz oldin "Postda" gazetasi Toshkent viloyatining 5 ta tumanida IIB boshliqlari almashtirilgani haqida xabar bergan edi.
Bo‘stonliq tumani IIBga — podpolkovnik Murodov Avaz Akbarovich, Parkent tumani IIBga — podpolkovnik G‘oziyev Dilshod To‘rayevich, Pskent tumani IIBga — podpolkovnik Karimov Shavkat Abdinazarovich, Chinoz tumani IIBga — podpolkovnik Qo‘ziboyev Bahrom Bahodirovich va Quyi Chirchiq tumani IIBga — podpolkovnik Ergashev Olim Zokirovichlar rahbar etib tayinlangan edi.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.