TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Amerikaning sovet davrida ishlab chiqarilgan harbiy texnikalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Redfish Trading Company kompaniyasi qator samolyotlarni sotuvga qo‘ydi, deb xabar qilgan nuz.uz nashri topwar.ru portaliga tayangan holda.
Xabarda aytilishicha, gap yetti dona MiG-29 qiruvchisi, besh dona Su-27 qiruvchisi, bir dona Su-25 hujumchi samolyoti va 22 dona Su-17 qiruvchi-bombardimonchi samolyotlar xususida bormoqda.
Texnika haqidagi ma’lumotlarda ular O‘zbekiston HHKga tegishli ekanligi yozilgan.
Portalning yozishicha, bu ma’lumotni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ham tasdiqlagan.