Turkiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelmoqda

© Sputnik / Nina Zotina / Mediabankka o‘tishGlava MID Tursii Mevlyut Chavushoglu
Glava MID Tursii Mevlyut Chavushoglu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tashrif davomida Mavlud Chovusho‘g‘li O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi, shuningdek, Turkiya delegatsiyasining O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklari bilan muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li 25-aprel kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar qilmoqda  O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Tashrif doirasida Turkiya vazirining O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, tashrif davomida Turkiya delegatsiyasi O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati, Tashqi ishlar va Tashqi savdo vazirliklarida ham muzokaralar o‘tkazishi belgilangan.

 

Yangiliklar lentasi
0