TOShKENT, 25 apr — Sputnik. Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiyaga kirishni ta’qiqlash 2017-yilning birinchi kvartalida o‘tgan yildagiga nisbatan 2,4 martaga qisqargan. 2016-yilda bu ko‘rsatkich 92 004ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil 38 092 qayd etildi, deb xabar qildi 24-aprel kuni Rossiya IIV.
2 million sakki yuz qirq to‘rt ming olti yuz o‘n to‘rt nafar chet el fuqarosi migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilgan, bu esa o‘tgan yilgiga nisbatan 87 170 nafar insonga ko‘p demakdir.
Shu bilan birga Rossiyada fuqarolikni olganlar soni kamaygan: 58862 kishi (o‘tgan yilning birinchi kvartalida esa – 61 911).
Qozog‘istonning 10032 fuqarosi, Tojikistonning 5917, O‘zbekistonning 5146, Qirg‘izistonning 2315 va Turkmanistonning 183 nafar fuqarosiga Rossiya fuqaroligi berilgan.
Yana 43363 kishiga vaqtinchalik yashashga ruxsatnoma (vid na jitelstvo) berilgan.
2017 yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar 775 692 nafar o‘zbekistonlik migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazilgan (2016 yilgi ko‘rsatkich – 36 188).
Boshqa davlatlardagi ko‘rsatkich: Tojikistonda 407 963 fuqaro, Qirg‘izistonda 192 750 fuqaro, Qozog‘istonda 127 810 fuqaro va Turkmanistonda 10 537 fuqaro birinchi kvartalda Rossiyada migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.