GM Uzbekistan 6 xil rangni ishlab chiqarish jarayonidan chiqardi

© Gazeta.uzPartiya avtomobiley GM Uzbekistan
Partiya avtomobiley GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan o‘z avtomobillari eng ko‘p va eng kam bo‘yaladigan ranglarni xabar qildi.

TOShKENT, 25 apr – Sputnik. GM Uzbekistan 6ta rangni ishlab chiqarish jarayonidan chiqardi, deyilgan kompaniya rasmiy xabarida.  

Bugungi kunda GM Uzbekistan zavodi o‘z avtomobillarini 12 xil rangga bo‘yamoqda. Ushbu ranglar ichida 6 tasi: oq, to‘q kulrang, kumushrang, sarg‘ishrang, kulrang  sadaf va qora ranglar  ommaviy bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 97% ushbu ranglarga bo‘yaladi.

GM Uzbekistan yangi ranglar - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan avtomobillarni yangi ranglarga bo‘yaydi

Qolgan 6 ta rangga ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 3% i to‘g‘ri keladi. GM Uzbekistan talab juda kam bo‘lgan, ushbu ranglarni ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi, lekin xaridorlar ehtiyojini qondirish maqsadida, ushbu rangdagi avtomobillarni ishlab chiqarish imkoniyati saqlab qolinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan 2016-yilning Sentabr oyida ishlab chiqarilayotgan avtomobillar yangi jigarrang sadaf, qora, kulrang, qizil va ko‘k ranglarning yangi tuslariga bo‘yashni boshlaganini xabar qilgan edi.

Quyidagi grafikdan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistonda eng ommaviy avtomobil rangi bu oq rang bo‘lib ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 64,1 % ushbu rangga bo‘yaladi. Ikkinchi o‘rinda to‘q kulrang rang – 10,4 %, kumushrang uchinchi o‘rinda – 7,9 %, va ho kazo.  

Avtomobillar eng kam bo‘yaladigan rang esa – sariq, jigarrang sadaf ranglar bo‘lib chiqdi. Ushbu rangga bo‘yalgan avtombillarga ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga 0,1 – 0,2  % to‘g‘ri kelgan.

 

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0