Eshitdingizmi, Koreya o‘zbekistonliklar uchun viza berishni osonlashtiradi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishJanubiy Koreya
Janubiy Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Janubiy Koreya o‘zbekistonlik mehnat migrantlari uchun kvotalar sonini oshirishga qaror qilgan

TOShKENT, 25 apr — Sputnik. O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov va Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon 22-aprel kuni Koreya respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tanlab olish mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Ulug‘bek Nazarov - Sputnik O‘zbekiston
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari o‘z lavozimini tark etdi
O‘zbekiston Mehnat vazirligi matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari uchun kvotalar sonini ko‘paytirish, ruxsatnomalar berilishi jarayonini soddalashtirish, tanlab olish jarayoni obyektiv, shaffof va adolatli kechishi masalalari muhokama qilingan.

O‘zbekiston Mehnat vaziri Koreya tomonni yaqinda Janubiy Koreyaga ishga borish uchun talabgorlar orasida test jarayoni muvaffaqiyatsiz o‘tkazilgani va shu bois, tashqi migratsiya masalalari agentligi rahbari ishdan olingani haqida xabardor etgan.

Ishchilarni yollash bo‘yicha regional kvotalarga asoslangan yangi mexanizmlarni joriy qilish lozimligi borasida takliflar bildirilgan. Shuningdek, aholi o‘rtasida Koreya respublikasida qonuniy mehnat faoliyatini olib borish borasida tushuntirish ishlari o‘kazilishi kerakligi aytib o‘tilgan.

Tomonlar mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni "sifat jihatdan yangi bosqichga" ko‘tarishga kelishib olganlar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0