Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari o‘z lavozimini tark etdi

Obuna bo‘lish
Agentlik tomonidan Koreyaga ketish uchun o‘tkazilgan test sinovlari aholining noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov o‘z lavozimini tark etdi, deb xabar qilmoqda bir necha nashrlar.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga Asamov Hojibaxlil Fazlitdinovich vaqtinchalik rahbar sifatida tayinlangan.

Vazirlik vakillarining xabariga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar yaqinda agentlik tomonidan Koreyaga ketish uchun o‘tkazilgan va respublikada ko‘plab norozilklarga sabab bo‘lgan onlayn test sinovlari sabab bo‘lgan.

Sputnik ushbu test sinovlaridan ko‘pchillik norozi ekanini va uning natijalari oxir-oqibat bekor qilinganini biroz oldin xabar bergan edi.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0