Uzmobile 2021-yilda yetakchi uyali aloqa operatori bo‘lmoqchi

© Sputnik / Yakov Andreyev / Mediabankka o‘tishMontaj vishek sotovoy svazi
Montaj vishek sotovoy svazi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaqin besh yil ichida Uzmobile o‘z abonentlari sonini 11 millionga yetkizmoqchi. Kompaniya 2017-yilda 1,5 mingda baza stansiyalari qurishni rejalashtirilgan.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Uzmobile 2021-yilga qadar uyali aloqa sohasiga yetakchilik qilishni o‘ziga maqsad qilgan, deb xabar berdi kompaniya direktori Marat Smagin Sputnik muxbiriga.

Uning so‘zariga qaraganda hozir O‘zbekistonda uyali aloqa foydalanuvchilari soni 22-23 million kishini tashkil qiladi. Besh yil ichida Uzmobile ularning 11 millionini o‘z mijozlariga aylantirmoqchi.

"Ikki yil davomida 1 million abonent jamladik. Kelajakda biz abonentlarni nafaqat yangi xizmatlar, yangi tariflar yoki bonuslar yordamida balkim raqobat kurashi yordamida jalb qilamiz", — dedi kompaniya top-menedjeri.

Top-menedjer aytishiga qaraganda, kelajakda kompaniya o‘z abonentlariga uyali aloqa xizmatlari bilan birga "O‘zbektelekom" AJning barcha xizmatlar majmuasini taklif qiladi.

Uzmobile kompaniyasining sarmoyadori bo‘lgan "O‘zbektelekom" kelajakda abonentlarga asosan raqamli xizmatlar (digital) taklif qilishga asosiy urg‘u bermoqchi. Ushbu yo‘nalish butun jahondagi telekom operatorlar tendensiyalarga muvofiqdir.

Yaqin kelajakda, mijoz bir operatordan o‘zigan kerak bo‘lgan barcha xizmatlarni, ya’ni uyali aloqa, statsionar aloqa, internetga ulanish, raqamli TV kabi xizmatlarni olishi mumkin.

"Ayni damda Uzmobile GSM tarmog‘i uzuluksiz rivojlanib bormoqda. 2G/3G/4G texnologiyalarini kiritish butun O‘zbekiston bo‘ylab bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Ayni damda barcha viloyat markazlarida 4G aloqasiga ulanish imkoniyati mavjud. Undan tashqari 2017-yilda yana 1,5 mingda baza stansiyalari qurish rejalashtirilgan. Stansiyalar nafaqat shaharlarda, balkim uzoq qishloqlarni ham qamrab olishi rejalashtirilgan", — dedi kompaniya rahbari.

Eslatib o‘tamiz, milliy operator 2015-yilning 15-aprelidan boshlab Toshkentda GSM tarmog‘ini ishga tushirdi. Unga qadar operator CDMA-450 EV-DO standartida uyali aloqa xizmatini ko‘rsatib kelgan. 2015-yil oxiriga qadar milliy operator barcha viloyat markazlarini qamrab oldi.

Bugungi kunda O‘zbekiston uyali aloqa bozorining GSM tarmog‘ida to‘rt operator faoliyat yuritmoqda: "Bilayn", Ucell, UMS va Uzmobile. Ular orasida "Bilayn" yetakchilik qilmoqda 2016-yilda uning abonentlari soni 9,5 million kishidan oshdi.

Yangiliklar lentasi
0