Toshkentda mobil sohadagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi

© Flickr / Johan LarssonMobil telefon va klaviatura
Mobil telefon va klaviatura - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Anjumanda O‘zbekiston, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘iston, Niderlandiya va Belarus Respublikasidan 20 dan ortiq ma’ruzachilar qatnashishi kutilmoqda

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2-3 noyabr kunlari mobil sohadagi MobiCon//2016 xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mobicon.uz saytida ma’lum qilinmoqda.

Tadbirda raqamli texnologiyalar sohasining barcha ko‘zga ko‘ringan vakillari jamuljam bo‘ladilar. Beeline, Yandex, “Odnoklassniki”, LG Electronics, Ucell, Uzinfocom markazi va boshqa kompaniyalar mutaxassislari konferensiyada ishtirok etadilar va ma’ruza qiladilar.

Konferensiya dasturiga ko‘ra internet, media va telekommunikatsiyani rivojlantirish mavzulari uch zalda parallel tarzda muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Konferensiyada smartfonlar va portativ qurilmalar, internet, startaplar, qo‘shimcha reallik, elektron tijorat, mobil sohasida monetizatsiya, mobil o‘yinlar kabi mavzularda ma’ruzalar o‘qiladi.

Anjumanda O‘zbekiston, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘iston, Niderlandiya va Belarus Respublikasidan 20 dan ortiq ma’ruzachilar qatnashishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0