Toshkentdan Buxoroga yangi "Afrosiyob" elektropoyezdi qatnay boshladi

Obuna bo‘lish
2011 yildan buyon O‘zbekistonda 2 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdi yo‘lovchilarga xizmat qilib kelayotgan edi

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Bugundan yangi "Afrosiyob" yuqori tezlikda harakatlanuvchi zamonaviy elektropoyezdi Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishida ilk bor tijorat qatnovini boshladi. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun Toshkent markaziy vokzalida O‘zbekiston temir yo‘lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan ushbu zamonaviy "Afrosiyob" elektropoyezdida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlarga, jumladan, mashinist va stuard hamda stuarddessalarga Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

O‘zbekistonga 2ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd olib kelinadi

2011 yildan buyon O‘zbekistonda 2 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdi yo‘lovchilarga xizmat qilib kelayotgan edi. Yaqinda keltirilgan yangi "Afrosiyob" elektropoyezdi oldingilariga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega.

Xususan, shu vaqtga qadar harakatlanayotgan yuqori tezlikdagi elektropoyezdlar 215 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lsa, yangi poyezdda 287 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Unda ekonom toifali vagonlar soni 2 taga ko‘p. Bu bir vaqtning o‘zida yana qo‘shimcha 72 nafar yo‘lovchini o‘z manziliga yetkazish imkoni demakdir.

Yaqin kunlarda O‘zbekistonga yana bitta ana shunday zamonaviy elektropoyezd olib kelinadi. Bu bilan respublikada yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar soni 4 taga yetadi.

Bunday zamonaviy elektropoyezdlar uchun "O‘ztemiryo‘lmashta’mir" sho‘’ba korxonasi hududida xizmat ko‘rsatish sexi qurilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0