TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Qozog‘istond jangovor robot ishlab chiqarilmoqda, deb xabar berdi bir nechta qozoq OAVlari.
Xabarlarda ta’kidlanishicha, bu haqda majlisda mamlakat Mudofaa vaziri Saken Jasuzakov bayonot bergan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti — Millat yetakchisi nomidagi milliy universitetda harbiy-ilmiy markaz tashkil qilingan va texnologiyaga oid yangiliklar aynan o‘sha yerda loyihalashtirilmoqda.
"Bizning harbiy-ilmiy markazimizning birinchi loyihasi — birinchi uchuvchisiz uchish qurimasi namunasi yaratilgan. Men uni ko‘zdan kechirdim va jangovor sinovlarni amalga oshirishga buyruq berdim", — deb aytgan Jasuzakov. Uning so‘zlaridan mahalliy OAVlar iqtibos keltirgan.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, oliygoh domlalari orasida 16 nafar fan doktorlari va 28 nafar fan nomzolari bor.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.