TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyev Ostona hokimi Aset Isekeshevga poytaxt markazidagi haroba uylarga ishora qilgan, deb xabar qilmoqda qozoq OAVlari.
Nazarboyev poytaxt hokimiga eski uylar aks etgan suratlarni ko‘rsatgan.
"Kelinglar, chuqurroq ishlaylik. Agar shunga zarurat bo‘lsa, buning uchun maxsus mablag‘ ajratib, aynan hozirning o‘zida tartibga keltirish kerak. EXPO bahonasida "tozalanib" olish imkoniyati bor. Agar u bu yerda uylar qursa, unga arzonga tushadi. Kommunikatsiyalar, issiqlik ta’minoti, hamma sharoit muhayyo. Shaharning markaziy tumanlarini g‘arib turar-joylardan ozod etish lozim. Agar buning uchun Parlamentda maxsus qonun qabul qilish kerak bo‘lsa, kelinglar, shunday qilaylik. Chunki bu yer poytaxt, bu yerda butun mamlakat manfaati mujassam", — qo‘shimcha qilgan Nazarboyev.