"Qamchiq" dovonida O‘zbekiston tarixida eng yirik tunellardan biri quriladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishTunneldagi avtomobillar
Tunneldagi avtomobillar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi magistral hozirda amalda bo‘lgan tunel ostidan o‘tadi, bu esa avtomobil yo‘llari xavfsizligini kuchaytirib, uning sig‘imi ortishiga xizmat qiladi

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. O‘zbekiston Qamchiq dovonida yana bitta tunel qurilishi loyihasini ishlab chiqmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga mamlakat Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasidagi manba.

Qamchiq dovoni - Sputnik O‘zbekiston
Qamchiq dovonida o‘ta og‘ir yukli mashinalarga o‘tish ta’qiqlandi
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda mutaxassislar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini yaratmoqda. Bu mustaqil O‘zbekiston tarixida ushbu sohadagi eng yirik loyihalardan biri bo‘ladi, deya ta’kidlanmoqda.

"Ayni vaqtda loyihalar instituti mutaxassislari loyihani ishlab chiqishga kirishganlar. U "Qamchiq-2" deb nomlanadi. Bir nechta variantlar muhokama qilinmoqda, shu jumladan, amaldagi tunel ostidan yangi tunel o‘tkazish varianti ham ko‘rib chiqilmoqda. Bu uni yanada xavfsizroq qilishga, bugungi kunda faoliyat yuritayotgan ustki tunelni esa zaxiradagi tunel maqomiga o‘tkazishga imkon beradi. Shubhasizki, loyihani amalga oshirish uchun zamonaviy xavfsizlik choralari qo‘llaniladi. Ushbu yo‘nalishda dunyoning old mamlakatlari tajribasi chuqur o‘rganilmoqda", — deb ta’kidlagan suhbatdosh.

Qayd etilishicha, ikkinchi tunel amaldagisidan ko‘ra enliroq bo‘ladi. Bu uning o‘tkazish sig‘imi ortishiga hamda zamonaviy ventilyatsiya va yorug‘lik tizimlari bilan jihozlanish imkonini berishi ta’kidlanmoqda.

Loyihaning taxminiy qiymati 175 million dollarga baholangan. Loyiha O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilishi xabar qilingan. Shuningdek, yirik xalqaro moliyaviy institutlardan biri jalb qilinishi mumkinligi qayd etilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0