TOShKENT, 17 apr — Sputnik. 2017 yilning 1-iyulidan boshlab Qamchiq dovoni orqali bitta yetaklovchi o‘qqa 11,5 tonnadan ortiq yuk to‘g‘ri keladigan, o‘ta og‘ir yuklari ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarida yuk olib o‘tish taqiqlanadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri O‘zbekiston hukumatining 11-aprel kungi "A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga tayangan holda.
"Chinor" (Toshkent viloyati, Ohangaron tumani) va "Sherobod" (Namangan viloyati, Pop tumani) postlarida avtotransport vositalarining og‘irlik va gabarit o‘lchamlarini, shu jumladan, yetaklovchi o‘q yuklamalarini tekshirish bo‘yicha zamonaviy uskunalar o‘rnatiladi.
Hujjat loyihasiga ko‘ra, endilikda Angren-Pop orqali Farg‘ona vodiysiga yuklarni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ yetkazib beradi.
Ushbu hujjat A-373 avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tuvchi qismida avtomobillar harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l holatini sifatli holda saqlab turishga qaratilgan. Shuningdek, bu orqali dovonning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yaxshilashga imkon berishi mumkin.
O‘qqa tushadigan yuklama deb avtomobilga va yo‘l yuzasiga tushuvchi og‘irlikka aytiladi. Katta o‘q yuklamasiga ega bo‘lgan avtomobillar yo‘l yuzasini tezroq buzadi.