Peterburgdagi xunrezlik: AQSh fuqarosi tojikistonlikning ko‘ziga pichoq suqdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPolitsiyachilar mashinasi
Politsiyachilar mashinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
20 aprel kuni kechqurun Kazanskaya ko‘chasida joylashgan xostellarning birida ikki chet ellik fuqaro: amerikalik va tojikistonlik o‘rtasida to‘satdan janjal boshlandi

TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida AQSh fuqarosi va tojikistonlik o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Natijada, Tojikiston fuqarosi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

FMS noqonuniy migrantlarni qo‘lga oldi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya migrantlar soni bo‘yicha dunyoda uchinchi o‘rinni egalladi
Aniqlik kiritilishicha, mazkur hodisa 20-aprel kuni Kazanskaya deb nomlangan ko‘chada joylashgan xostellarning birida yuz bergan.

"Mushtlashuv chog‘ida 27 yashar amerikalik 32 yashar Tojikiston fuqarosini do‘pposlagan, so‘ngra uning ko‘ziga pichoq suqqan", — deyiladi xabarda.

Janjaldan so‘ng jabrlanuvchi kasalxonaga olib borilgan.

Amerikalik esa politsiya bo‘linmasiga olib ketilgan. AQSh fuqarosining so‘zlariga ko‘ra, u Sankt-Peterburgda 2-aprel kunidan buyon yashab kelmoqda. AQShlikning Rossiyaga kirib kelishdan maqsadi ish topish va Rossiyada yashab qolish ekanligi aytilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0