TOShKENT, 24 apr – Sputnik. AQSh Mudofaa vaziri Jeyms Mettis dushanba kuni Afg‘onistonga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi. U yerda u Afg‘oniston mansabdor shaxslari va amerika harbiylari bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.
Mettisning Qobulga kelishi, qandaydir sirli tasodif tufayli, Afg‘oniston Mudofaa vaziri Abdulla Xana Xabibi va Bosh shtabi qo‘mondoni Kadam Shax Shaximning iste’foga chiqishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.
Ushbu nufuzli amaldorlar, tolibonning Afg‘oniston harbiy bazasiga qilgan hujumidan keyin iste’foga chiqishga qaror bo‘lishgan. Wall Street Journal xabariga ko‘ra, o‘tgan juma kuni, Afg‘oniston askarlari formasini kiygan jangarilar Balx viloyatida harbiy baza hududiga bostirib kirib 170 kishini otib tashlagan.
Eslatib o‘tamiz, aprel o‘rtasida AQSh Afg‘onistonga o‘zining eng kuchli bombasini tashlagan edi.