TOShKENT, 24 apr — Sputnik. Joriy yilning aprel oyi boshlarida maxsus maktab o‘quvchisi bo‘lgan 2001-yilda tug‘ilgan o‘smir o‘zini osish yo‘li bilan o‘z joniga qasd qilgan, deb xabar bermoqda "Darakchi" nashri.
Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan matbuot brifingida o‘smirning ruhiy nuqsoni borligi, u bilan ruhshunoslar ishlagani va unda autizmga moyillik bo‘lganligini ma’lum qilishdi. Bolani mazkur ishni qilishga majbur qilgan sabab hali to‘liq o‘rganilmagan.
Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilda poytaxtda 15 nafar o‘smirning joniga qasd qilish holati kuzatilgan, shu yil boshidan esa 2 holat aniqlangan.