TOShKENT, 23 apr – Sputnik. Rossiyaning Xabarovsk shahridagi Federal xavfsizlik xizmati (FSB) qabulxonasiga uyushtirilgan hujum natijasida qurbon bo‘lgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA novosti, Qirg‘izistonning Xabarovskdagi konsuli Kadirbek Mirzabev co‘zlariga asosan.
«Halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi edi. Uning jasadi bugun vataniga jo‘natiladi. U bo‘ydoq, Xabarovskda uning oilasi yo‘q», — dedi Qirg‘iziston konsuli.
Eslatib o‘tamiz, 21-aprel kuni Xibarovskdagi FXX bo‘limi qabulxonasiga qurolli hujum uyushtirilgan edi. Jinoyatchi qabulxonaga kirib u yerda bo‘lganlarni o‘qqa tutgan. Oqibatda FSB ofitseri, va tashrif buyuruvchi qurbon bo‘lgan, yana bir kishi jarohatlangan.
FSB xabariga ko‘ra, hujum qilgan shaxs yo‘q qilingan, u hali 18 yoshga to‘lmagan Rossiya fuqarosi Anton Konev bo‘lib chiqdi. FSB idorasiga hujum qilishdan oldin u merganlik klubi instruktorini otib o‘ldirgan va u yerdan ikkita to‘pponcha va karabin o‘g‘irlab ketgan.
Rossiya OAVlari xabariga ko‘ra Anton Konev neonasst qarashlarga ega bo‘lgan, hujum qilishdan oldin u ijtimoiy tarmoqlarda barcha bilan xayrlashib, “yashashga xalal berayotganlar bilan hisoblashib olishi kerakligini” aytgan.
Fojeadan keyin, ushbu hujum uchun javobgarlikni Rossiyada ta’qiqlangan “Islom davlati” o‘z bo‘yniga olgan. Rossiya huquqni saqlash organlari ushbu xabarni tasdiqlagani yo‘q, ayni damda tergov-qidiruv ishlari olib borilmoqda, Konevning sheriklari bo‘lganligi gumon qilinmoqda.