TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Xabarovskda FSB qabulxonasiga uyushtirilgan hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muassasaning jamoat bilan aloqalar markaziga asoslanib.
"Yigirma birinchi aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 17.02da Rossiya FSBning Xabarovsk o‘lkasi boshqarmasi qabulxonasiga noma’lum shaxs bostirib kirib qabulxonadagilarga qarata o‘q uzdi. Oqibatda bir nafar FSB xodimi va qabulxonada bo‘lgan MDH fuqarolaridan biri halok bo‘ldi, yana bir fuqaro jarohatlandi. Hujum qilgan shaxs yo‘q qilindi", — deyiladi xabarda.
Voqea joyida tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.