May oyida O‘zbekiston madaniy merosi kongressi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Vadim ShekunEkspozitsiya vistavki "Kulturnoe nasledie Uzbekistana"
Ekspozitsiya vistavki Kulturnoe nasledie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoda "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining muqobili yo‘q va xalqaro ekspertlar fikricha, qamrov jihatidan ham unga teng keladigani topilmaydi

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. 15-16 may kunlari Toshkent va Samarqandda "O‘zbekiston madaniy merosi — xalqlar va mamlakatlar orasidagi muloqot sari yo‘l" mavzuyida xalqaro ilmiy-madaniy kongress o‘tkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda UT.uz.

Tadbirda O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosini saqlab qolish va targ‘ib qilish, sharqshunoslik, tarix, sharq qo‘lozmachiligi, numizmatika, tekstil, kulollik yo‘nalishlarida ish olib boruvchi 120dan ortiq xorij va 100 nafar o‘zbekistonlik olim va ekspertlar ishtirok etishadi. Ular orasidan taniqli olimlar, muzey va ilmiy institutlar rahbarlari, ilmiy jurnallar muharrirlari, taniqli kolleksionerlar hamda YuNESKO va ICOMOS (Yodgorlik va diqqatga sazovor maskanlarni saqlash bo‘yicha xalqaro kengash) vakillari o‘rin olgan.

Toshkentda «Eski shahar" madaniy-tarixiy markazi yaratiladi

"O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" madaniy-ma’rifiy medialoyihasi taqdimoti tadbirning asosiy voqeasi hisoblanadi.
Unda "O‘zbekiston madaniy merosi" turkumida uchta tilda nashr etilgan dastlabki kitob-albomning besh jildi namoyish etiladi.

Bundan tashqari, nashrga tayyorlanayotgan "O‘zbekiston musiqiy merosi", "Davlat Ermitaji to‘plami", "Davlat tarix muzeyi to‘plami", "Sharq qo‘lozmalari instituti to‘plami", "O‘zbekiston gilamdo‘zligi: asrlar davomida saqlangan an’ana" va "Germaniya muzeylari to‘plami" taqdimoti o‘tkaziladi.

Tadbir ishtirokchilariga dunyoning turli muzeylarida saqlanayotgan O‘zbekistonga oid kolleksiyalar haqidagi hujjatli filmlar namoyish etiladi. Loyiha ijodiy guruhi ushbu maqsadda jahonning 15ta muzeyida o‘ziga xos lavhalarni suratga tushirdi va taniqli olimlar bilan suhbatlar uyushtirdi.

Ta’kidlash joizki, dunyoda "O‘zbekiston madaniy merosi jahon to‘plamlarida" loyihasining muqobili yo‘q va xalqaro ekspertlar fikricha, qamrov jihatidan ham unga teng keladigani topilmaydi.

Professorlar, tarix va san’atshunoslik fanlari doktorlari, san’at sohasidagi yetakchi ekspertlardan iborat xorijlik ishtirokchilar O‘zbekiston tarixiy-madaniy merosiga oid ma’ruzalari bilan qatnashadilar.

Tadbir davomida O‘zbekiston madaniy-tarixiy merosi va turistik salohiyatini ommalashtirishga yo‘naltirilgan "Karvon-TV" sun’iy yo‘ldosh multimedia telekanalining taqdimoti va ochilish marosimi ham o‘tkaziladi.

Rossiya madaniyat vazirligidagi uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

Kongress ishtirokchilari shuningdek, O‘zbekiston milliy pazandaligining eng yaxshi taomlaridan totib ko‘rishlari, eng shirin palov tanlovida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, Registon maydonida "O‘zbekiston madaniy merosi — butun insoniyat yutug‘i" deb nomlangan 3D meping — yorug‘lik-musiqiy tomoshasi namoyish etiladi.

Loyiha O‘zbekiston EOAVMA, YuNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi, Konrad Adenauer jamg‘armasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi, Zamon Press Info noshirlik uyi, Uzbekistan Today axborot agentligi, "Karvon-TV" telekanali tomonidan amalga oshirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0