Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

© Ministerstvo kulturi RFRossiya madaniyat vazirligidagi uchrashuv
Rossiya madaniyat vazirligidagi uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston teatrlari texnik xodimlari Rossiya teatrlarida malaka oshirishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. 2017-yilda Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Rossiya madaniyat ishlari vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kuni kecha Rossiya madaniyat ishlari vaziri Alla Manilova O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vaziri o‘rinbosari Farhod Jo‘rayev bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida madaniy hamkorlik bo‘yicha 2017-yilga mo‘ljallangan rejalar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligiga 25-yil to‘lishi munosabati bilan Moskvadagi Pushkin nomidagi davlat tasviriy san’at muzeyida Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat muzeyi ko‘rgazmasini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

Turkman telpak kiygan kishi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Turkmaniston madaniyati kunlari boshlandi

Rossiya madaniyat vazirligining san’at va xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash departamenti O‘zbekiston teatrlari texnik xodimlarini Rossiya teatrlarida malaka oshirish uchun qabul qilishga tayyorligini tasdiqladi.

O‘z navbatida Farhod Jo‘rayev 2017-yilda Rossiyada O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkazish uchun barcha tayyorgarlik ko‘rilganini bildirdi. O‘tgan yilning 17-20 noyabr kunlari Toshkentda Rossiya kunlari katta tantanalar bilan o‘tkazilgandi.

Tomonlar shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston teatr jamoalarining o‘zaro gastrollarini tashkil etish masalasini ham muhokama qildilar. Kelishuvga ko‘ra, Rossiyada O‘zbekiston rus akademik drama teatri va O‘zbekistonda Chexov nomidagi Moskva badiiy teatri jamoalari chiqish qilishlari mumkin.

Uchrashuvda O‘zbekistonning Rossiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0