"Aeroflot" kompaniyasi urush faxriylariga bepul parvoz qilish imkoniyatini bermoqda

© Sputnik / Utarbekov / Mediabankka o‘tishVeterani Velikoy Otechestvennoy voyni vozlagayut venki k Vechnomu ognyu
Veterani Velikoy Otechestvennoy voyni vozlagayut venki k Vechnomu ognyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya, MDH, Boltiqbo‘yi davlatlari va Gruziyada yashovchi hamda ushbu davlatlarning fuqarosi hisoblangan Ikkinchi jahon urushi faxriy va nogironlariga ekonom klassda to‘liq bepul uchish huquqi beriladi

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 72-yilligi sharafiga "Aeroflot" va Sheremetyevo xalqaro aeroporti birgalikda shu yilning 3-mayidan 12-mayigacha faxriylarga mo‘ljallangan xizmat dasturini amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Rossiya, MDH, Boltiqbo‘yi davlatlari va Gruziyada yashovchi hamda ushbu davlatlarning fuqarosi hisoblangan Ikkinchi jahon urushi faxriy va nogironlariga ekonom klassda to‘liq bepul uchish huquqi beriladi. "Aeroflot" nafaqat tarif, balki barcha soliq va yig‘im to‘lovlarini to‘lashni ham o‘z zimmasiga oladi. Shuningdek, bayram aksiyasining har bir ishtirokchisi o‘zi bilan bir nafar hamrohning bepul parvozini rasmiylashtirishi mumkin.

Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik O‘zbekiston
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi

Ikkinchi jahon urushining barcha toifadagi faxriy va nogironlariga hamda fashizmning sobiq voyaga yetmagan asirlariga aksiya o‘tkazilishi davrida Rossiya ichida va quyidagi mamlakatlar orasida uchish imkoniyati beriladi: Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Latviya, Estoniya, Litva, Moldaviya, Gruziya.

"Ulug‘ Vatan urushi qatnashchisi" va "Ulug‘ Vatan urushi nogironi" toifasidagi faxriylarga Rossiya va MDH mamlakatlari hamda Boltiqbo‘yi, Gruziyadan Yevropaning quyidagi davlatlariga ham uchish imkoniyati taqdim etiladi: Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Xorvatiya, Avstriya, Chexiya.

Ushbu aksiya doirasidagi aviatashuvlar faqat shu yilning 3-12 may davrida amalga oshiriladi. Imtiyozli aviabiletlarni rasmiylashtirish 24-apreldan 12-maygacha davom etadi. Aksiya shartiga ko‘ra taqdim etilgan aviabiletning amal qilish muddati bir oy.

Aksiya "Aeroflot" guruhining "Aeroflot" OAJ tijorat boshqaruvidagi reyslarga (SU5000 — SU6999) to‘liq hajmda tatbiq etiladi. Aksiya "Aeroflot" OAJning boshqa aviamkompaniyalar bilan "kod-shering" kelishuvi bo‘yicha amalga oshiradigan reyslariga (SU3000 — SU4999) tatbiq etilmaydi.

Veteranlarga GM Uzbekistan avtomobillari navbatsiz  sotiladi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada urush veteranlarini tabriklashdi

O‘z navbatida, Sheremetyevo aeroportiga uchib keluvchi faxriylar va ularning hamrohlariga qulay sharoitlar yaratish maqsadida aeroportda mehmonlarni kutib olish bo‘yicha tezkor shtab tuzildi.

Faxriylar uchun ustuvor tartib va alohida xizmat ko‘rsatiladi. Ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha alohida ma’lumotlar ustunlari o‘rnatiladi.

Terminallardagi tibbiyot punktlari barcha jihoz va dori-darmonlar bilan jihozlangan bo‘lib, zarur yordam ko‘rsatishga tayyor holga keltirilgan.

Parvozgacha kutish chog‘ida faxriylar yuqori qulaylikdagi "Saturn" va "Sirius" zallarida bepul dam olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0