Alisher Usmonovning rafiqasi va Alina Kabayeva Toshkentga tashrif buyurishdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUniversiada. 11-y den. Xudojestvennaya gimnastika
Universiada. 11-y den. Xudojestvennaya gimnastika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi bo‘lmish Irina Viner Samarqandda tug‘ilib-o‘sgan bo‘lib, badiiy gimnastika bo‘yicha uch marta O‘zbekiston chempioni hisoblanadi

TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Kecha Toshkentdagi gimnastika saroyida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi musobaqalarining navbatdagi bosqichi boshlandi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Jahon kubogi musobaqalarida badiiy gimnastika bo‘yicha Rossiya terma jamoasi ham qatnashmoqda. Toshkentga jamoa bilan birgalikda jamoa bosh murabbiyi va Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti Irina Viner ham tashrif buyurdi.

Uzbekskaya gimnastka Samira Saliyeva - Sputnik O‘zbekiston
Batirshina: o‘zbek gimnastikachisining chiqishidan hayratdamiz

Rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning rafiqasi bo‘lmish Irina Viner Samarqandda tug‘ilib-o‘sgan bo‘lib, badiiy gimnastika bo‘yicha uch marta O‘zbekiston chempioni hisoblanadi.

Irina Viner 1992-yildan buyon Moskvada istiqomat qiladi va 2001-yildan beri Rossiya badiiy gimnastika terma jamoasiga bosh murabbiylik qilib keladi.

Toshkentdagi musobaqalarning rasmiy ochilish marosimiga faxriy mehmon sifatida Alina Kabayeva ham tashrif buyurdi. Alina Toshkentda tug‘ilgan bo‘lib, badiiy gimnastika bilan shu yerda shug‘ullana boshlagan. 1995-yilda Moskvaga ko‘chib ketgan va Irina Viner qo‘l ostida faoliyatini davom ettirgan.

Alina Kabayeva olti bor Rossiya hamda bir necha bor Yevropa, Jahon va Olimpiada chempioni unvonlariga sazovor bo‘lgan.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi bosqichida dunyoning 19 mamlakatidan 90 nafar eng kuchli gimnastikachilar chempionlik uchun bahslashadilar.

Yangiliklar lentasi
0