Batirshina: o‘zbek gimnastikachisining chiqishidan hayratdamiz

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishUzbekskaya gimnastka Samira Saliyeva
Uzbekskaya gimnastka Samira Saliyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva viloyatining Odinsovo tumanida Yana Batirshina sovrini uchun o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha VI ochiq turnir yakuniga yetmoqda. Unda butun Rossiya, O‘zbekiston va Ukrainadan sportchilar ishtirok etishmoqda

Sputnik, Lev Rijkov

Qirolicha va malikalar

Bu yil turnir Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining sport majmuasida bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqa o‘tayotgan majmuadan sal narida bo‘lajak diplomat va siyosatchilarga ko‘zingiz tushadi. Balki bu ham ramziy ma’noga egadir, zero turnirga chet eldan ham sportchilar kelgan.

Sport majmuasi yosh sportchilar, ularning murabbiylari, ota-onalar, tomoshabinlar bilan to‘lib-toshgan. Bayramona muhit. Yakka chiqishlar bo‘yicha g‘oliblar nomi e’lon qilinishi kerak.

Lyuksemburgda ishtirok etgan o‘zbekistonlik gimnastikachilar - Sputnik O‘zbekiston
Yosh gimnastikachilar Lyuksemburgda 4 medal sohibi bo‘lishdi

Musobaqaga kelgan qizlarning barchasi go‘zal. Ularning aksariyati bo‘lajak chempionlar, tez orada yirik xalqaro musobaqalarda ularning nomlari yangraydi. Uch yuzdan ortiq sportchi qizlar zalda saf tortishdi. Ular ertaklardagi balga tashrif buyurgan sohibjamollarni eslatishadi.

Va umuman olganda, buni bal deb atasa ham bo‘ladi. Bal qirolichasi esa jahon va Yevropa chempionatlarining besh marta oltin medal sovrindori, "Vatan oldidagi xizmatlari uchun II darajali" orden kavaleri, afsonaviy sportchi va taniqli teleboshlovchi Yana Batirshina. Eng zo‘r sportchilarga sovrinlarni aynan u topshiradi.

Qizlar mukofotni qabul qilib olish uchun xuddi malikalardek qadam bosib kelishadi. Hay’at faqatgina rossiyalik sportchilar chiqishlarini e’tirof etgani yo‘q. O‘zbekistonlik yosh sportchi qizlar ajoyib natija ko‘rsatishdi. 2009-yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasidagi yakka chiqishlar bo‘yicha birinchi va ikkinchi o‘rinlarni aynan toshkentlik qizlar egallashdi. 2008-yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasidagi musobaqada kumush medal ham o‘zbekistonlik sportchiga nasib etdi.

Mana, olqishlar yangradi. Bayram sohibasi Yana Batirshina g‘olibalarga kubok va sovg‘alarni topshirdi. Sputnik muxbiri Yana bilan suhbatlashdi.

Kindik qoni to‘kilgan yurt

- Yana, chet davlatlardan ko‘p sportchi keldimi?

— Turnir rasman ochiq deb nomlanadi, lekin amalda xalqaro maqomga ega. O‘zbekistondan tashqari Ukrainadan jamoa keldi. Dneprdan. Va bu juda yaxshi. Gap shundaki, siyosiy kelishmovchiliklar sababli ikki yil davomida ukrainalik sportchilar musobaqada qatnashishmadi. Ungacha esa ikki-uchtadan jamoasi ishtirok etardi.

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishYana Batirshina sovrini uchun o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha VI ochiq turnir
VI Otkritiy turnir po xudojestvennoy gimnastike na prizi Yani Batirshinoy - Sputnik O‘zbekiston
Yana Batirshina sovrini uchun o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha VI ochiq turnir

- Belorus va qozog‘istonlik qizlar ham qatnashishi aytilgandi.

— Afsuski, oxirgi lahzalarda ular kasal bo‘lib qolishdi. Har ikki jamoaning ham teng yarim a’zolari kasal bo‘lib qolgani uchun ular kela olishmadi. Turnirda jami bo‘lib 54 jamoa, uch yuzdan ortiq gimnastikachi qizlar qatnashmoqda.

- O‘zbekistonlik sportchilar muntazam ravishda yuqori natijalarni ko‘rsatishmoqda. O‘tgan yili ular oltin medallarni qo‘lga kiritishgandi.

— Ha! O‘zbekiston jamoasi har doim qoyilmaqom ishtirok etadi. O‘tgan yili O‘zbekistondan uchta jamoa qatnashgandi. Bu yil esa bitta. Ehtimol, moliyaviy sabablarga ko‘radir. Chunki sportchilar o‘z hisoblaridan tashrif buyurishadi. Ehtimol, turnir dam olish kunlari emas, ish kunlari bo‘lib o‘tayotganligi ham sabab bo‘lgandir.

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSamira Soliyeva Yana Batirshina sovrini uchun o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha VI ochiq turnirda
Uzbekskaya gimnastka Samira Saliyeva na turnire na prizi Yani Batirshinoy - Sputnik O‘zbekiston
Samira Soliyeva Yana Batirshina sovrini uchun o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha VI ochiq turnirda

O‘zbekistonlik sportchi qizlar ko‘pincha rossiyalik gimnastikachilardan ham ko‘ra yaxshiroq chiqish qiladilar. Masalan, bugun o‘zbek gimnastikachisi g‘olib bo‘ldi. Va albatta u bunga haqli tarzda erishdi! To‘g‘risini aytsam, kecha uning chiqishlaridan barchamiz hayratda qoldik. Chunki Samira Soliyeva tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi mashqni ijro etdi. O‘zbek maktabi shunisi bilan ajralib turadi.

Men o‘zim ham toshkentlikman. Alina Kabayeva ham. Tomirimda o‘zbek qoni oqmasa-da, o‘zbekistonliklar mening qondoshlarim. Toshkentlik qizlar yuqori natija ko‘rsatishmoqda. O‘zbekiston nomini sharaflash ularning burchi.

Yangiliklar lentasi
0