TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Qozog‘iston lotin grafikasiga asoslangan alifboga o‘tmoqda, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Xabarda ta’kidlanishicha Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat hukumatiga qozoq alifbosini lotin grafikasi o‘tkazish borasida dastur ishlab chiqishni topshirgan.
Nazarboyev lotin alifbosiga o‘tish zamonaviy texnologiya va kommunikatsiyalar, shuningdek 21-asrda ta’lim va ilm-fandagi o‘ziga xosliklar bilan bog‘liqligini ta’kidlagan.
"Bolalarimiz ingliz tilini o‘rganyapti, lotin harflarini bilishadi, shu bois yosh avlod oldida hech qanday to‘siq va muammolar bo‘lmasligi lozim. 2018-yildan e’tiboran yangi alifbosini o‘tgantuvchi mutaxassislar tayyorlash hamda o‘rta maktablar uchun darsliklar chop etish lozim. Yaqin ikki yil ichida barcha tashkiliy va uslubiy ishlar o‘tkaziladi", — deb aytgan Nazarboyev.
Yangi alifboni joriy etishning dastlabki davrlarida kirill va lotin grafikasidagi alifbolar birgalikda ishlatiladi, deya ishontirgan Nazarboyev.