O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari olib borildi

© Pogranslujba KNB KazaxstanaChegarachilar
Chegarachilar - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekiston o‘z tasarrufida bo‘lgan 21 obyektni Qirg‘iziston yurisdiksiyasiga topshirgani haqida xabar bergan edik

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. 2017-yilning 10-20-aprel kunlari Namangan shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Qirg‘iziston chegarasidagi harbiy xizmatchi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 21 obyektni Qirg‘izistonga qaytardi
"Uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasining Namangan va Farg‘ona viloyatlari bilan Qirg‘iziston Respublikasining Batken va Jalolobod viloyatlari tutashgan hududlardagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasining alohida uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari va topografik yer tuzish ishlari olib borildi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar yakuni bo‘yicha uchrashuv bayonoti imzolangan.

Uchrashuv an’anaviy do‘stona va o‘zaro tushunish muhitida bo‘lib o‘tgani qayd qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0