O‘zbekiston 21 obyektni Qirg‘izistonga qaytardi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovQirg‘iziston chegarasidagi harbiy xizmatchi
Qirg‘iziston chegarasidagi harbiy xizmatchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston Hukumati raisi o‘rinbosari Jenish Razakov ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston shu vaqtgacha foydalangan 21 obyekt Qirg‘iziston yurisdiksiyasiga qaytarilgan

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi hamda jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi qo‘shma majlisida Qirg‘iziston hukumatining 2016-yil uchun hisobotini ko‘zdan kechirishmoqda, deb xabar berdi knews.kg.

Chegarachilar xizmatda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalasini muhokama qildi
Qirg‘iziston Hukumati raisi o‘rinbosari Jenish Razakov taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston shu vaqtgacha foydalangan 21 obyektni Qirg‘iziston yurisdiksiyasiga qaytargan.

"Qozog‘iston va Xitoy bilan chegarani delimitatsiya (chegaralarni belgilash, tahr.) va demarkatsiya (chegarani aniqlash bo‘yicha ajratuvchi belgini o‘rnatish, tahr.) masalasi yakun topdi. Ayni vaqtda O‘zbekiston va Tojikiston bilan faol ish olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasi bilan umumiy davomiyligi 1379 km tashqil qiluvchi chegaraning 1054 km tavsiflandi. Shuningdek, avvaliga O‘zbekiston tasarrufida bo‘lgan 24 obyekt Qirg‘iziston yurisdiksiyasiga qaytarilgan", — deb qo‘shimcha qilgan Razakov.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

 

Yangiliklar lentasi
0