TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rus va fransuz modasi tarixchisi, san’atshunos Birinchi kanalda"Modniy prigovor" teleko‘rsatuvi boshlovchisi Aleksandr Vasilyev O‘zbekistonda bo‘ldi.
"Buyuk Ipak yo‘li" shaharlari bo‘ylab deb nomlangan dastur doirasida san’atshunos O‘zbekistonning Xiva, Buxoro, Samarqand va Toshkent shaharlariga tashrif buyurdi.
Aleksandr Vasilyev turli mamlakat san’ati va liboslarini o‘rganishga qaratilgan "sayyor maktab" tashkil qilgan. Ushbu maktab o‘quvchilari Vasilyev bilan birgalikda dunyoning turli mamlakatlariga borib u yerning san’ati, milliy liboslari va modasini o‘rganadi. Shuningdek, guruh a’zolari eng chiroy joylari, muzeylari bilan tanishib, chiroyli buyumlar xarid qilishadi.
Vasilyevning sayohati Respublikaning eng qadimiy shahri — Xivadan boshlandi.Keyin sayyohlar Buxoro, Samarqand va Toshkentda bo‘lishdi.
"Samarqandga yetib keldik! "Chiroyli" — desam, hech narsa demagandek bo‘laman.Tarifiga so‘z yo‘q", — deb o‘z taassurotari bilan baham ko‘rishdi Vasilyev.
O‘zbekistonda Vasilyev tarixiy obidalardan tashqari San’at muzeyi, Chorsu va Siyob bozorlarida bo‘ldi. Har bir joyga borganda maestro o‘z taassurotlarini "ajoyib", "qoyilmaqom", "sirli" degan so‘zlar bilan izohladi.
"Buxoro aholisi — mehmondo‘st va xushfe’l kishilar!", — deb yozadi Vasilyev, va Buxoroda yuz bergan bir kulguli voqeani aytib berdi. "Buxoro ajoyib shahar! Buxorodan Toshkentga uchayapman — stuardessa menga qarab, janob Zaysev, nega pasportda sizning familiyangiz Vasilyev?", — deb so‘radi, deydi san’atshunos.
Moda eksperti o‘z sahifasida sayohatdan bir necha chiroyli fotosuratlar joylashtirdi. "O‘zbekistondan hoyatda zavqlandik! Bu yerga albatta yana qaytib kelamiz!", — deb hikoyasini tugatdi Aleksandr Vasilyev.