Termizda Toshkentdagi ikkita universitet filiallari tashkil qilinadi

© Behruz KarimovTermiz shahri
Termiz shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti oliy ta’lim tizimi bo‘yicha yangi qarorni imzoladi

TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilinadi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 20-aprel kuni e’lon qilingan "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida aytib o‘tilgan.

Domla zachotkaga baho qo‘ymoqda - Sputnik O‘zbekiston
Oliy o‘quv yurti o‘qituvchilariga ustama haq to‘lanadi
"Termiz shahrida Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti filiallarini tashkil qilinsin..
Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda mazkur ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘liq tashkil qilish, professor-o‘qituvchilar tarkibini butlash, zarur moddiy-texnika va o‘quv-laboratoriya bazasini shakllantirishni nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin", — deyilgan qaror matnida.

Hujjatda, shuningdek, Namangan muhandislik-pedagogika institutini Namangan muhandislik-qurilish institutiga aylantirish va uning ixtisoslashuvini o‘zgartirilishi aytilgan.

Mirziyoyev imzolagan ushbu qaror Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishiga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0