TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlarining mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha amaldagi tizimni jiddiy takomillashtirish va bu borada moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etishga ehtiyoj sezilmoqda.
13 May 2016, 18:52
Shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidenti Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Xalq ta’lim vazirligiga uch oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribadan kelib chiqib, oliy o‘quv yurtlari pedagog xodimlariga ularning kasb mahorati, faoliyatidagi yuqori natijadorlik va tarbiyaviy sohadagi samarali ishtirokini inobatga olib, ustama haq to‘lashni belgilash tizimi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish vazifasini topshirdi.