TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Rossiyada O‘zbekistonga neft yetkazish imkoniyatini o‘rganib chiqish uchun ishchi guruhi tuzildi, deb xabar bermoqda RNS agentligiga tayangan holda UzDaily.
Rossiya Federatsiyasi energetika vaziri o‘rinbosari Kirill Molodsovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonga Qozog‘iston orqali neft yetkazishning ikkita ehtimoliy marshruti mavjud. Uning so‘zlariga qaraganda, ular hozirda o‘rganib chiqilmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga bo‘lgan tashrifi doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birgalikda qabul qilingan bayonnomada "O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida neft va gaz sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olishgani" qayd qilingan.
O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.