TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekistonning olti nafar fuqarosiga Qrimda bo‘lishgani uchun uch yil davomida Ukraina hududiga kirish taqiqlandi.
"Qrim bilan ma’muriy chegarada chegarachilar zarur hujjatlari bo‘lmagan olti nafar o‘zbekistonlikni aniqladilar… Bunday qoidabuzarlik uchun barcha xorijlik fuqarolarga uch yil davomida Ukraina hududiga kirish taqiqlanadi", — deyiladi xabarda.
Muassasaning ma’lum qilishicha, dushanba kuni Qrimdan "Chongar" nazorat maskaniga O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi keladi. Chegara nazorat tekshiruvi vaqtida ularning Qrimda bo‘lganliklari va Qrimda bo‘lish uchun maxsus ruxsatnoma olishmagani aniqlanadi.
Qrim 2014-yil martda o‘tkazilgan referendumda 96,77% saylovchilarning ovozi asosida hamda Sevastopol 95,6 foiz aholining ovozi asosida Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirgan. Qrim hukumati 2014-yil fevralda davlat to‘ntarishidan so‘ng referendum o‘tkazgandi. Ukraina hali-hanuz Qrimni vaqtincha bosib olingan o‘z hududi deb hisoblaydi, deb yozadi RIA Novosti.
Rossiya rahbariyati Qrim aholisi demokratik yo‘l bilan, xalqaro huquq va BMT nizomiga asosan Rossiyaga qo‘shilganligini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Qrim masalasi "butkul yopilgan".
O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.