Patrushev: 2700 nafar kavkazliklar Iroq va Suriyada jang qilmoqda

© AP Photo / Militant website via AP, FileBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Patrushev aytishiga qaraganda, shov-shuvli teraktlar amalga oshirish maqsadida, Shimoliy Kavkaz hududida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, avtonom, yashirin terrorchi guruhlar tuzishga urinishlar bo‘lmoqda.

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Bugun Stavropol viloyatida terrorchilik mafkurasiga qarshi kurashga bag‘ishlangan majlisda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Shimoliy Kavkaz hududining 2700 nafar vakillari Suriya va Iroq hududida terrorchilar safida jang qilayotganini xabar qildi.

Rossiya FSB direktori Aleksandr Bortnikov - Sputnik O‘zbekiston
FSB rahbari: Terrorchilarning asosiy qismi mehnat migrantlari qatorida kelgan

Xavfsizlik kengashi kotibi mahalliy hokimiyatni aholi orasida profilaktika ishlarini kuchaytirishni, internetmanbaalarini monitoring qilishni, OAVlarni, jamoat va yoshlar tashkilotlarini hamda diniy uyushmalarni targ‘ibot ishlariga chorlashni taklif qildi.

Patrushev, terrorchilikka qarshi kurash samaradorligini oshirish uchun, migratsiya oqimlari ustidan nazoratni kuchaytirishni, Shimoliy Kavkaz hududida migratsiya qonunchiligini bajarish kerakligini ta’minladi.

"Migratsiya oqimlari ustidan nazoratni kuchaytirish kerak, migratsiya qonunchiligiga rioya qilishni ta’minlash kerak, migrantlar orasida g‘ayriqonuniy hatti-harakatlar qilishga tayyor bo‘lgan, radikal diniy qarashli shaxslarni aniqlash kerak", — dedi Patrushev.

Patrushev aytishiga qaraganda, shov-shuvli teraktlar amalga oshirish maqsadida,   Shimoliy Kavkaz hududida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan, avtonom, yashirin terrorchi guruhlar tuzishga urinishlar bo‘lmoqda.   

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0