TOShKENT, 19 apr — Sputnik. "AVTOSTAT" tahliliy agentligi tadqiqot natijalariga ko‘ra, Ravon R2 Rossiya bozorida eng ko‘p sotilgan xetchbeklar o‘nligiga kirdi.
2017 yil yanvar-fevral oylarida sotilgan "xetchbek" kuzovli avtomobillar savdosi natijalaridan kelib chiqib eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingi tuzildi.
Reyting yetakchisi LADA Granta modeli bo‘ldi. Ko‘rib chiqilgan davr ichida bu mashinadan 4189 dona sotilgan. 2-o‘rinni AVTOVAZning yana bir mashinasi — Lada Xray xetchbeki egallagan (3698). 3-o‘rin 3204 dona sotilgan Renault Sanderoga tegishli bo‘ldi.
Yetakchilar beshligini KIA modellari Rio (2332) va Cee'd (1474) yakunlaydi. Rossiya xetchbeklar bozoridagi yuqori 10talikka quyidagi mashinalar kirdi: Datsun mi-DO (928), Ford Focus (429), LADA Kalina (427), Ford Fiesta (414) va Ravon R2 (372).
2016 yilda Rossiyada Ravon rusumining 50ta dilerlik markazi 1811 dona avtomobil sotgan bo‘lib, ularning aksariyati noyabr va dekabr oylariga to‘g‘ri keladi.