Ravon Rossiyadagi avtomobillar sotuvini 25 baravarga oshirmoqchi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON
Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda "Yandeks. Taksi" va Papa Jones, "Yakitoriya", "Tanuki" va "Korchma" kabi tarmoqlar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolandi

TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Ravon rusumi dilerlarining Moskvada bo‘lib o‘tgan anjumanida kelgusi rejalar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.

Anjumanda so‘zga chiqqan Ravon bosh direktori Sharof Ashurovning so‘zlariga ko‘ra, 2016-yilda Rossiyada 50ta dilerlik markazi faoliyat ko‘rsatgan hamda 1811 dona avtomobil sotilgan. Sotuv hajmining yarmidan ko‘prog‘i noyabr va dekabr oylariga to‘g‘ri keladi.

Prezentatsiya novogo avtomobilnogo brenda RAVON - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Ukrainaning 15 viloyatida sotiladi

2017 yil uchun rejalar esa o‘ta yuksak: bu yil dilerlik markazlari sonini 120taga yetkazish va sotuv hajmini 25 baravarga oshirish, ya’ni 50 ming dona avtomobil sotish vazifasi qo‘yilgan.

Sharof Shuhratovichning aytishicha, bu raqamlar bozorni puxta o‘rganish va prognoz qilish natijasida yuzaga kelgan. Kompaniyadagilar Ravon R2 modeli bu yil "A" segmentida bozorning kamida 80%ini egallay olishiga, barcha modellar korporativ savdosi esa umumiy hajmning kamida 20%ini tashkil etishiga umid qilmoqdalar. Hozirda "Yandeks. Taksi" va Papa Jones, "Yakitoriya", "Tanuki" va "Korchma" kabi tarmoqlar bilan hamkorlik kelishuvlari imzolandi.

Savdo hajmini oshirishda yo‘llarda Ravon Assistance to‘laqonli yordam dasturining joriy etilishi ham muhim omil bo‘lishi lozim. Mazkur dastur 112 xizmati bilan bog‘langan VER («Vse evakuatori Rossii») plaftormasida ishlaydi, ayni paytda ERA-Glonass bilan integratsiyalashuv davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0