"Qora niqoblilar": Toshkentda yosh jinoyatchilar to‘dasi qo‘lga olindi

CC BY-SA 3.0 / Tobias "ToMar" Maier / A rib-knit three-hole balaclavaNiqobli erkak
Niqobli erkak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘smir psixologiyasi shundayki, unga kuchli ta’sir ko‘rsatgan vosita misli toshga o‘yilgan bitikday ongida, fe’l-atvorida muhrlanib qoladi. Bugun xorijning jangari va zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi filmlarini ko‘rib, o‘zini o‘sha asar qahramonlariday tutishga urinish ayrim hollarda og‘ir jinoyatlarning sodir etilishiga ham sabab bo‘lmoqda

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. 2017-yilning 10-aprel kuni soat 02:30larda, yoshi taxminan 20-25 larda bo‘lgan to‘rt nafar noma’lum shaxs, boshlariga qora sport shapkasi, yuzlariga qora niqob va qo‘llarida xo‘jalik qo‘lqopini kiygan holda, Bo‘stonliq tumanidagi xonadonlarning biriga bosqinchilik uyushtirgan, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston bolalari - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar va jinoyatchilik: Prezident ko‘targan muammoga yechim qidirib...
"Qora niqoblilar" uy bekasini osh pichog‘i yordamida o‘ldirish bilan qo‘rqitib, 2 mln so‘m puli va bir dona narxi 400 ming so‘m bo‘lgan "Nokia-225" rusumli uyali aloqa telefonini olib, jinoyat sodir etgan joyidan yashiringanlar.

Jabrdiyda darhol ichki ishlar idorasiga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyat ikki nafar 1998-yilda tug‘ilgan muqaddam sudlangan shaxslar hamda 1994-yilda va 1996-yilda tug‘ilgan shaxslar tomonidan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirgan holda sodir etilgani oshkor bo‘lgan.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Xalqimizda kasalni davolagandan ko‘ra, uni oldini olgan afzal degan naql bor. Shu ma’noda, yuz bergan har bir huquqbuzarlik va jinoyatni yuzaga keltirgan sabablarni o‘rganish, oqibatlarini bartaraf etish jamiyat taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan har bir soha vakilining vazifasi bo‘lmog‘i lozim.

Zero, yuqorida ta’kidlaganimiz kabi internet, xorijning jangari va zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi filmlari ta’sirida jinoyat sodir etayotgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish, komil insonlar qilib tarbiyalash har bir fuqaroning sharafli burchidir", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0