Toshkentda deyarli bir oy ichida 60 mingdan ortiq haydovchi "jarima maktubi" oldi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishKompleks avtofiksatsii narusheniy PDD
Kompleks avtofiksatsii narusheniy PDD - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoidabuzarliklarning 35 mingdan ortig‘i svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tish, 27 mingga yaqini tezlikni belgilangan meyordan oshirishdir

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Toshkent shahrining 115 chorrahasida kameralar qayd etgan qoidabuzarliklar asosida 15-martdan 12-aprelgacha bo‘lgan muddat mobaynida 62777 nafar haydovchi "jarima maktubi"ni olgan. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

Qoidabuzarliklarning 35845tasi svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tish, 26932tasi tezlikni belgilangan meyordan oshirishdir.

Kuzatuv kamerasi - Sputnik O‘zbekiston
Kameralar tufayli qoidabuzarliklar soni 4 baravar kamaydi

Shu bilan birga, yo‘l-transport hodisalarining umumiy soni ham kamaygani kuzatilmoqda. 15-mart-12 aprel kunlari oralig‘idagi YTHlar 23,9 foizga, o‘lim bilan yakunlanadigan avtohalokatlar 38,9 foizga qisqargan. Jabrlanganlar miqdori 21,3 foiz, avtofalokatlarda jabrlangan bolalar soni 50 foizga kamaygan.

O‘tgan vaqt mobaynida shahar avtobuslarining 190 nafar haydovchisi qoida buzganligi aniqlangan. "Toshshahartransxizmat"ga ko‘ra, ular qizil chiroqda o‘tgan yoki to‘xtash chizig‘ini bosgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida 87ta tibbiy yordam hamda 2ta o‘t o‘chirish mashinasi svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tgani va tezlikni oshirganligi aniqlangan. Biroq ushbu xizmatlar rahbariyatlari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ular haqiqatan ham xizmat vazifasi yuzasidan shoshayotgan bo‘lgan. Shu munosabat bilan ularga yozilgan jarimalar bekor qilindi.

Yangiliklar lentasi
0