TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Bugun Toshkent shahar IIBda bo‘lib o‘tgan brifingda, poytaxt ko‘chalarida videoqayd kameralari o‘rnatilganidan beri, haydovchilar yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini kamroq buzayotgani xabar qilindi.
Toshkentda videoqayd qiluvchi kameralar o‘rnatilganiga bir hafta bo‘ldi. O‘tgan vaqt davomida kameralar 29 mingta qoida buzish holatlarini qayd qildi.
"Ushbu qoidabuzarliklardan 16 mingtasi chorrahani "qizil chiroqda kesib o‘tish", 13 mingtasi "tezlikni oshirish" holatlariga to‘g‘ri keladi", — dedi Shahar IIB vakili.
Kameralar o‘rnatilganidan keyin, haydovchilar chorrahani kesib o‘tishda YHX qoidalariga amal qila boshladi. Bunga quyidagi raqamlar ham isbot bo‘lishi mumkin: 15-mart kuni kameralar 8 mingta YHQ buzilishini qayd qilgan bo‘lsa, 22-mart kuni — 2 mingta "qizil chiroqqa o‘tish" va "tezlikni oshirish" holatlari qayd etilgan. Podrobno.uz xabariga asosan.