O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalasini muhokama qildi

© Pogranslujba KNB KazaxstanaChegarachilar xizmatda
Chegarachilar xizmatda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017-yilning 1-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston TIVda Qirg‘iziston Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"2017-yilning 1-fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sidiqov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlari faoliyatining amaliy jihatlari ikki davlat rahbarlarining tegishli topshiriqlarini amalga oshirish nuqtayi nazaridan muhokama qilindi.

Uchrashuvda turli darajalarda bo‘lajak O‘zbekiston-Qirg‘iziston uchrashuvlari bilan bog‘liq boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi", — deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0