TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgda amalga oshirilgan terakt tashkilotchilaridan biri sifatida gumonlanayotgan Abror Azimov Peterburgdagi teraktda qanday rol o‘ynagani haqida gapirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Meni hibsga olishlariga qarshi emasman. Portlashga aloqadorligimga kelsak — men bunday demaganman. Men aloqadorman, lekin bevosita emas emas", — deb ta’kidlagan u.
Ilgariroq gumondorning advokati Armen Zadoyan Azimov o‘z aybiga iqror bo‘layotganini aytgan edi.
Sal oldin Moskva viloyatining Odinsovo tumanida Sankt-Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchilaridan biri hibsga olingani haqida xabar bergan edik.
Moskva shahri Basmannaya sudida Azimov o‘zi haqida quyidagilarni ma’lum qilgan:
"Rossiya fuqarosiman, ma’lumotim o‘rta maxsusdan ham quyi — faqat 7 sinfni tamomlaganman. Oilaliman, 2014-yilda tug‘ilgan farzandim bor. Rasman hech qayerda ishlamayman", — deb aytgan u.
O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.