O‘zbekistonda rahbarlarni tayyorlash tizimi takomillashmoqda

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishTayyorlov kurslari
Tayyorlov kurslari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi

TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekistonda rahbarlarni tayyorlash tizimi takomillashmoqda, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Papka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek amaldorlariga odobnoma darsi o‘tiladi
"Mamlakatimizning strategik maqsadlariga erishish salohiyatli rahbar kadrlar tayyorlash masalasi bilan uzviy bog‘liq. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimiz tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi" — deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida davlat boshqaruvi organlarining rahbar xodimlariga qo‘yilayotgan talablar, ularning mazmun-mohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tadbirda rahbar xodimlarni tayyorlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba hamda mamlakatimizdagi holat haqida akademiya rahbar xodimlari va professor-o‘qituvchilarining fikr-mulohazalari tinglandi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, «Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish singari chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati haqida fikrlar bildirildi.

Jurnalistlarning savollariga mutaxassislar javob qaytardi.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0