Yevropa va amerika aholisining uchdan biri Qrim Rossiyaga tegishli deb hisoblaydi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishYalta qirg‘og‘i
Yalta qirg‘og‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, Germaniya va Italiyaliklarning uchdan bir qismi shunday fikrda.

TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Sputnik.Mneniya o‘tkazgan so‘rov Germaniya aholisining 36% va italiyaliklarning 34% Qrimni Rossiya hududi deb hisoblashini ko‘rsatdi. Britaniya aholisining 26%, amerikaliklarning  23% va fransuzlarning 20% ham shunday fikrda.

So‘rov TNS Global kompaniyasi tomonidan Sputnik axborot agentligi uchun o‘tkazildi.

Fransiyadan tashqari qolgan to‘rt mamlakatda Qrimni Rossiya hududi deb hisoblaydiganlar soni va qarama-qarshi fikrda bo‘lganlar soni bir xil. Fransiyada esa yarim orol Rossiya hududi emas deb hisobladiganlar soni ko‘proq.

Germaniyada, asosan 25-34 yoshli fuqarolar orasida Qrim Rossiya hududi deb biladiganlar soni ko‘pchillikni tashkil qildi. Fransiyada esa buning aksi — Qrimni Rossiya hududi deb hisoblaydiganlar 55 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan kishilar.  

"Bilmayman" deb javob berganlar soni Fransiyada — 48%, Germaniyada  - 23%, Italiyada — 34%, Britaniyada — 44% va AQShda — 51 % ni tashkil qildi.

So‘rov eng yirik xalqaro izlanish kompaniyalaridan biri bo‘lgan, TNS Global tomonidan 2017-yilning 16-22 fevral kunlari o‘tkazildi. Unda 16 yoshdan (AQShda 18 yoshdan) katta bo‘lgan 5132 kishi ishtirok etdi. Fransiyada 1010 kishi, Germaniyada 1014 kishi, Italiyada 1050 kishi, buyuk Britaniyada 1037 kishi, AQShda 1027 kishi.

Sputnik.Mneniya — jamoatchilik fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, o‘z faoliyatini 2015-yilning yanvarida boshladi. "Sputnik. Mneniya"ning so‘rovlar o‘tkazish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Populus, IFop va Forsa kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. "Sputnik. Mneniya" doimiy ravishda AQSh va Yevropa mamlakatlarida eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy muammolar bo‘yicha aholi fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0