TOShKENT, 9 avg — Sputnik. O‘zbekiston hududida joylashgan noyob tabiat mo‘’jizalari turistik geoparklarga aylantirish mumkin, deb yozadi Nuz.uz sahifasi, Mineral resurslar ilmiy-tekshirish instituti bosh mutaxassisi Georgiy Panovskiy so‘zlariga asoslanib.
Institut O‘zbekistonda geoparklar ochish imkoniyatini faol o‘rganmoqda. Bu yerda maxsus guruh tashkil qilingan bo‘lib, ular 100dan ortiq geologik mo‘’jizasi nomiga mansub bo‘lgan tabiat yodgorliklari ro‘yxatini tuzishgan. O‘z faoliyatida guruh BMTning “Yer sharining madaniy va tabiiy boyliklarini qo‘riqlash” haqidagi konvensiyasiga asoslangan.
Mutaxassislar O‘zbekistonda turistik geoparklar yaratish uchun eng istiqbolli yo‘nalishlar, bu — Usturt g‘arbi, Orol dengizining g‘arbiy qirg‘og‘i va Hissor janubi-g‘arbi va Pskem tog‘ usti degan qarorga kelishgan. Ushbu hududlarning barchasida juda chiroyli va kam uchraydigan geologik jarayonlarni kuzatish mumkin.
Nashr xabariga ko‘ra, geologik parklar nafaqat noyob tabiat mo‘’jizalarini saqlab qolishga balkim, o‘z atrofida rivojlangan infrastruktura tashkil qilib, yaqin atrofda yashayotgan aholini ish bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bugungi kunda dunyoda geoturizm, turizmning boshqa yo‘nalishlari bilan muvaffaqiyatli raqobatlashmoqda.
Geoparklar ham professional qiziqishga ega bo‘lgan mutaxassislarni, ham chiroyli tabiat manzaralarini yaxshi ko‘ruvchi, odiiy turistlarni jalb qilishi mumkin. Barcha mehmonlar mamlakatni kutilmagan tomonidan tomosha qilish imkoniga ega bo‘ladi.