Shavkat Mirziyoyev Chilonzor tumani hokimini lavozimdan oldi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBo‘sh kreslo
Bo‘sh kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
12 aprel kuni O‘zbekiston rahbari Chilonzor tumaniga tashrif buyurgan edi. Prezident tashrifidan so‘ng Chilonzor tumani hokimi lavozimdan ketgan. Hozircha ushbu lavozimga hech kim tayinlanmagan

TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12-aprel kungi tashrifi davomida Chilonzor tumani hokimi Mirhidoyatov Tohir Sharopovich ishdan olingan. U bilan birga tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini tark etgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana kadrlar o‘zgarishi: Mirziyoyev amaldorlardan qattiq norozi
Chilonzor tumani hokimiyati binosida bo‘lib o‘tgan majlisda Mirhidoyatov boshchiligidagi rahbarlar tumandagi infratuzilmaning qoniqarsizligi, yo‘llarning holati uchun prezident tomonidan keskin tanqid qilingan. Prezident Chilonzor tumani aholisidan juda ko‘plab shikoyatlar tushgani haqida eslatib o‘tgan.

Hozircha tumanga yangi hokim tayinlanmadi.

Tuman IIB boshlig‘i, polkovnik Abdumajid Shermuhamedov o‘rniga esa podpolkovnik Shavkat Tohirovich Mavlonov tayinlangan. Tumanning yangi prokurori va yangi soliq boshlig‘i haqida ma’lumot yo‘q.

Bundan oldinroq, 30-mart kuni o‘tkazilgan videoselektorda ham Toshkent shahrining Yunusobod tumani rahbariyati shu tartibda ishdan olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0