TOShKENT, 17 apr — Sputnik. So‘nggi bir necha yillar davomida Samarqandni global o‘zgarishlar kutmoqda, deb xabar qildi Podrobno.uz. Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga shahar transport va ijtimoiy infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarni taqdim etishgan.
Loyihada, xususan, Gulobod ko‘chasini kengaytirib, unda yangi T-34 ko‘chasini barpo qilish va ko‘chani Samarqand ko‘chasi bilan bog‘lash haqida gap boradi. Bu shahar markazidagi transport nagruzkasi muammosiga yechim topish imkonini beradi.
Shaharda shuningdek, yangi hayvonot bog‘i qurilishi, shuningdek, Cho‘ponota massivida bolalar ko‘ngilochar markazi qurilishi rejalashtirilgan.